20 Oktyabr 2025 yil 141

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyati IIB boshlig'ining navbatdagi shaxsiy qabuli o'tkazildi

 Rahbar qabuliga turli yoshdagi fuqarolar, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari qatnashib, o'zlarini qiynayotgan masalalar bo'yicha murojaatlarini yo'lladi.  Ba’zi murojaatlar maishiy nizolar yoki huquqiy tushunmovchiliklarga taalluqli bo‘lsa, ba’zilari keng qamrovli ijtimoiy muammolarga borib taqaldi. Ammo eng muhimi hech bir murojaat e'tiborsiz qolmadi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. O'rganish uchun qo'shimcha vaqt talab etiladigan muammolar yuzasidan esa mas'ullarga vazifalar yuklatildi. 

  Eslatib o'tamiz, rahbarning bu kabi qabullari doimiy ravishda o'tkaziladi. 

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech