Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi
Navoiy viloyati IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan shahodatlangan xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan "Buyuk ajdodlar merosi" shiori ostida ko‘rik-tanlov e’lon qiladi.
- videoroliklar 1 daqiqadan kam va 3 daqiqadan ko‘p bo‘lmasligi;
- videorolik uy sharoitida tayyorlangan bo‘lishi ;
- videorolik ishtirokchilari soni cheklanmaydi, xodim va uning oila a’zolaridan iborat bo‘lishi takab etiladi (xodim, turmush o‘rtog‘i va farzandlari, yaqin qarindoshlari, ya’ni, ota-onasi, aka-uka va opa-singillari);
- videorolikda xodimning bir o‘zi ishtirok etgan bo‘lsa, yoki xodimning o‘zi ishtirok etmasdan, faqat uning oila a’zolari ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur videorolik nizom talablariga muvofiq emas deb topiladi;
- videorolikda Alisher Navoiy qalamiga mansub ruboiy yoki g‘azallar o‘qilishi;
- g‘azal o‘qishdan oldin g‘azal qaysi radifda ekanligi ishtirokchilar tomonidan aytib o‘tilishi shartligi;
- g‘azal va ruboiylarni faqat yoddan, ifodali, aruz vazni qoidalariga muvofiq aytish shartligi;
- g‘azal va ruboiylarni o‘qib berish mutlaqo mumkin emas bo‘lib, o‘qib berilgan holatda videorolik tayyorlangan bo‘lsa, 0 (nol) ball bilan baholanishi;
- videorolikda mumtoz adabiyotga xos davr ruhi aks ettirilganligiga alohida e’tibor qaratilishi;
- videoroliklar kim tomonidan qanday tasvir vositasi yordamida olinishi mutlaqo ahamiyasiz bo‘lib, videotasvirning montaj usullari, kuy-qo‘shiq bilan hamohang o‘qilishi rolikni baholash mezoniga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Videoroliklar joriy yilning 5-fevral kuniga qadar Navoiy viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga taqdim qilinishi lozim.
Gʻoliblar Alisher Navoiyning tavalludi sanasi arafasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Murojaat uchun telefonlar: +998-88-797-40-73, +998-79-229-52-10
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati