19 Noyabr 2024 yil 2189

Uchquduq tumani mahallalari yettiligi uchun "Е-ijtimoiy profilaktika" elektron dasturi bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi

Mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliga mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini tez va sifatli hal etishda  ularga ijtimoiy profilaktika choralarini qo‘llash vakolati berilganligi munosabati bilan, joylarda “E-ijtimoiy profilaktika” platformasida ishlash bo‘yicha o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi o‘quv viloyatning chekka hududi Uchquduq tumanida bo‘lib o‘tdi. Tumanning barcha mahallalari yettiligi ishtirok etgan mazkur seminarda mutasaddilar tomonidan “E-ijtimoiy profilaktika” elektron dasturida ishlash bo‘yicha bir qator ma’lumotlar berildi. Shuningdek, jarayonda platforma orqali fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolarini manzilli hal etish, ularga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini olib borish imkoniyati mavjudligi tushuntirildi. O‘quv yakunida platformada ishlash bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Bu kabi o‘quvlar mahallalarning kriminogen vaziyatini yaxshilashda hamda tizim faoliyatini muvofiqlashtirishda o‘z samarasini ko‘rsatishi shubhasiz.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech