Uchquduq tumanida Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
Navoiyning olis hududi Uchquduq tumanidagi sayyor qabulda Navoiy viloyati prokurori Azamat Mirzayev, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Azat Tasbayev, viloyat Soliq boshqarmasi boshligʻi Sunnatilla Nazarov, viloyat Sudi raisi oʻrinbosari Gʻiyosiddin Yalgashev, Departamentning Navoiy viloyat boshqarma boshligʻi Otabek Ruziyev, Byuroning Navoiy viloyat boshqama boshligʻi Alijon Qilichev, viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi Zafar Farmonov, Uchquduq tumani hokimi Soli Xamroyev va barcha sektor rahbarlari bilan bir qatorda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlar masʼullari ham ishtirok etdi.
Viloyat IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari polkovnik Azat Tasbayev mazkur hududda yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlar tomonidan yoʻllangan turli ijtimoiy masalalardagi murojaatlar oʻrganildi. Xalq bilan bu kabi sayyor uchrashuvlar Tomdi tumani hamda Zarafshon shahrida oʻtkazilishi belgilangan.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati