21 Sentyabr 2024 yil 752

"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “Matonat” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi

Ichki ishlar xodimlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli xodimlarni aniqlash rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Kutilgan va kutilmagan chiqishlarga boy bo‘lgan final bosqichida jamoalar o‘zlarining aktyorlik mahoratini namoyish qilish bilan birga, kundalik hayotda uchraydigan turli vaziyatlar va muammolarni kulgu va yumor orqali ifodalab berishdi. 

Murosasiz kechgan bahslar hakamlar tomonidan baholanib, eng kuchli jamoalarning nomlari e’lon qilindi. Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “Matonat”  jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining "Orol yulduzlari" jamoasiga, faxrli 1-o‘rin va final kubogi Ichki ishlar akademiyasining "Akademiya" jamoasiga nasib etdi. 

“Matonat” jamoasini Navoiy viloyati IIB rahbariyati va butun shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech