Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan "Vatanparvarlik oyligi” doirasida IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari Vatanparvarlik bogʻiga tashrif buyurishdi. Tadbirda “Vatanparvarlik bogʻi”ning tashkil etilishi, maqsad va mohiyati, ikkinchi jahon urushi davrida vatandoshlarimizning mardonavor ishtiroki, shuningdek, mustaqillik davrida yurtimiz chegaralarini dahlsizligini taʼminlashda qahramonlarcha halok boʻlgan mard oʻgʻlonlarimiz jasorati haqida suhbatlashildi. Soʻng oʻquvchilar “Vatanparvarlik bogʻi”da oʻrnatilgan harbiy texnikalar namunalari bilan tanishdilar.
Tashkil
etilgan tadbir oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, yurt ravnaqi yoʻlida bilim olib munosib kasb
egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: