7 Fevral 2024 yil 3115

Vazir oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Navbahor tumanida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari bilan suhbatlashdi

 Tashrif kunining ikkinchi yarmida  general-mayor B.Y.Mirzarahimov viloyatning Navbahor tumaniga bordi. Tumandagi oʻrganishlari Navbahor tumani Ichki ishlar boʻlimidan boshlandi. Unda boʻlimning vatanparvarlik burchagi, navbatchilik qismi, tezkor-tergov guruh tarkibi faoliyati bilan tanishdi.  Ichki ishlar boʻlim boshligʻining tuman miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlari haqidagi maʼruzasi tinglandi. Shuningdek, boʻlimdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha  topshiriqlar berildi. Soʻng  tumandagi “Qorovultepa” mahallasiga borilib profilaktika inspektori faoliyati, ijtimoiy profilaktika tartibi boʻyicha suhbatlashildi. Hudud tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda boshqa huquqni muhofaza qilish  organlari va mahalla masʼullari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi aytildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech