Vazir oʻrinbosarining navbatdagi oʻrganishlari Zarafshon shahrida joylashgan 7551 Harbiy qism, shahar IIB hamda mahallalarda davom etmoqda
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov viloyatning olis hududi- Zarafshon shahridagi tashrifi 7551 Harbiy qismdan boshlandi. Harbiy qismni oʻrganish chogʻida muddatli askarlar va shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiylar bilan uchrashdi. Shuningdek, qismdagi harbiy texnikalar, taktik mashgʻulot maydoni hamda elar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan kutubxona, sport maydoni, oshxona kabi maishiy binolar ahvoli koʻzdan kechirildi. Oʻrganish chogʻida aksariyat kamchiliklar tuzatilishi boʻyicha topshiriqlar berildi.
Navbatdagi manzil boʻyicha Zarafshon shahar ichki ishlar boʻlimiga borildi. Boʻlimda navbatchilik qismi, tezkor-tergov guruhining tarkibi hamda guruhdagi ekspert-kriminalistlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Soʻng fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlarni koʻzdan kechirish maqsadida “Yulduz” mahallasida boʻlishdi. Mahallada olib borilayotgan targʻibot-tashviqot ishlari, ijtimoiy profilaktika jarayonlari shuningdek, xalq bilan ishlashda samara berayotgan profilaktik amaliyot tartibi bilan tanishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati