15 Iyul 2025 yil 312

Vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari Zarafshon va Navoiy shahar, Uchquduq, Karmana, Konimex hamda Navbahor tumani IIBlarida tashkil etildi

  Xodimlarning jangovar shayligi va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida tashrif buyurgan Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhining navbatdagi o‘quv mashg‘uloti olis Zarafshon shahri, Konimex, Karmana va Navbahor tumanlari IIB xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 

  O‘quv mashg‘ulotlari davomida jangovar qurollar, maxsus vositalarning taktik-texnik xususiyatlari, ularni xizmat vaqtida qo‘llash tartibi va  himoyalanish usullari ko‘rsatib berildi. Shuningdek, xodimlar maxsus elektron o‘q otish xonasida sinovlar topshirdilar. O‘quv sinovlari jarayonida xodimlarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

  O‘quv mashg‘ulotlari hududlar bo‘ylab davom etmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech