Viloyat IIB boshlig‘i kriminogen vaziyatni yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan Navoiy shahrida navbatdagi o‘rganishlar olib bordi
Mamlakatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini o‘rganish va aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha Navoiy viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat IIB boshlig'i, polkovnik Azat Tasbayev Navoiy shahrida navbatdagi o‘rganishlar olib bordi.
Navoiy davlat universitetining talabalar turar joyini o‘rganishda, yotoqxona binosining isitish tizimlari sozligiga, mavsumga tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Guliston” bozori va savdo do‘konlari, aholi gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari mas’ullar Huquq tartibot maskanida bo‘lib, tungi navbatchilik faoliyati bilan tanishdi. Hudud kriminogen vaziyati bilan bog‘liq masalalar muhokama etilib, xodimlarga sergaklikni oshirish, qonunbuzarlarga nisbatan murosasiz chora ko‘rish lozimligini ta’kidladi.
Aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash lozimligi uqtirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati