Viloyat IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabulida ham 10ga yaqin fuqarolarning muammolari hamda IIBda faoliyat olib borayotgan xodimlarning shaxsiy ijtimoiy va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi
Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga yechim topishda davlat organlarining rahbarlari tomonidan muntazam ravishda uchrashuvlar, shaxsiy va sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Viloyat IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabulida ham 10ga yaqin fuqarolarning muammolari hamda IIBda faoliyat olib borayotgan xodimlarning shaxsiy ijtimoiy va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.
Unda bildirilgan taklif va murojaatlar mas’ullar tomonidan belgilab olinib tez va sifatli hal etish choralari ko‘rildi. Jarayonda murojaatlardan ayrimlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muayyan vaqt va o‘rganilish talab etiladigan masalalar shaxsan nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatiga o‘z vaqtida ijobiy yechim topish, jamiyat barqarorligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning huquqiy savodxonligini oshirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati