8 Fevral 2024 yil 3595

Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan Navbahor tumanida jinoyat muhokamasi tashkil etildi

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Navbahor tumani “Halovatepa” hamda “Toshrabot” mahallalari aholisi bilan jinoyatchilikni oldini olish va uni sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Navoiy viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari Shohruh Sharipov tomonidan “Halovatepa” MFY hududida fuqaro O.P tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati muhokama etildi. 

Yigʻilishda, mazkur jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil etildi. Shu jumladan har qanday jinoyat yoxud qonun buzilish holatlari uchun jazo muqarrar ekanligi taʼkidlandi. Atrofimizdagi insonlarga befarq boʻlmaslik, ogohlikda yashash, firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik boʻyicha tavsiyalar berildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech