Viloyat prokurori hamda IIB boshlig‘i Navoiy shahridagi o‘rganishlari davomida yoshlar bilan uchrashdi
Hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, ayniqsa yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan navbatdagi nazorat va reyd tadbirlari oldididan kuch tuzilmalari vakillari ishtirokida yo‘riqnoma tashkil etildi.
Unda viloyat Prokurori, Ichki ishlar hamda Milliy
gvardiya boshqarmasi boshliqlari tomonidan shahar hududini
jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, bunda nazoratni kuchaytirish,
fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, qonunbuzarlarga
murosasiz bo‘lish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yo‘riqnomadan so‘ng viloyat huquqni
muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari shaharning aholi gavjum va tungi vaqtda
faoliyat ko‘rsatuvchi maishiy xizmat ko'rsatish joylarini ko‘zdan kechirib, jamoat tartibini saqlashga
mas’ul xodimlar bilan suhbatlashdi.
Mutasaddilar shaharda
mavjud oliy ta’lim muassasalari, talabalar turar joylari hamda ijara uylarida bo‘lishib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Talaba-yoshlarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportga jalb etish orqali jinoyat va huquqbuzarliklarning sababchisi va jabrlanuvchisi bo'lib qolishidan saqlash ta'kidlandi. Bu borada mas’ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati