Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida voleybol sportini yanada rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi
Ichki ishlar vaziri rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sportning voleybol turini rivojlantirish hamda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha shahar va tuman ichki ishlar bo‘limi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, voleybol sport turiga mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etdi. Unda viloyatda sportning mazkur turini rivojlantirish va bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masalalar muhokama etildi. Shuningdek, umumta’lim maktablari, o‘rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida to‘garaklar tashkil qilish, “mahalla – tuman va shahar” bosqichi musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati