Zarafshon shahri mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda
Sektor rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘grisida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi jinoyatchilik holati qayd etilgan mahallalarda ijtimoiy profilaktika bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi.
Jarayonda 2024-yilda sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda ularning kelib chiqish sabablari tahlil etildi. Bundan tashqari kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari, aholini internet firibgarlaridan ogohlantirish ishlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati