9 Dekabr 2023 yil 975

Zarafshon shahrida IIB хodimlari hamda  boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda profilaktik targʻibot tadbirlari olib borilmoqda

“Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Zarafshon shahar IIBning sohaviy xizmat hodimlari, favqulodda vaziyatlar hamda Milliy gvardiya  boshqarmasi bilan hamkorlikda qizil toifadagi mahallalarning kriminogen vaziyati oʻrganildi. 

Jumladan, “Metallurg” dala hovlilarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlar xonadonbay tizim asosida olib borildi. Unda mutasadilar aholi bilan keng qamrovli targʻibot tadbirlari bilan bir qatorda profilaktik hisobda va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan alohida tartibda suhbat olib bordi. Jinoyat va huquqbuzarliklarlarni oldini olish maqsadidagi bu kabi profilaktik tadbirlar hudud boʻylab davom etmoqda. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech