21 Sentyabr 2024 yil 850

Zarafshonda shahar IIB tashabbusi bilan volleybol bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasi o'tkazildi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida joylashgan 3-sonli maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla yoshlari oʻrtasida sportning volleybol turi boʻyicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining sektorlar aro shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning ochilish marosimida Zarafshon shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi S.Latipov, shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari S.Uvaytovlar ishtirok etdi.

Musobaqada 16-21 yosh va 22-30 yosh toifasidagi yoshlar jamoaviy tarzda ishtirok etishdi. Gʻoliblik uchun  jamoalar murosasiz kurash olib borishdi. Qizgʻin ruhdagi oʻtgan musobaqa yakunida esa, gʻolib jamoa diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi va keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech