1 Aprel 2024 yil
2275
Zarafshonda olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahar IIB xodimlari ham faol qatnashmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz boʻylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy koʻkalamzorlashtirish ishlarida barcha soha vakillari qatorida ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan Zarafshon shahar IIB xodimlari maʼmuriy bino atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlarini olib bordi. Hudud kuz hazonlaridan qolgan chiqindilardan tozalandi, ekin yerlari yumshatilib 200ga yaqin manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Shuningdek, har bir koʻchat parvarishi alohida xodimlarga biriktirildi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati