27 Oktyabr 2023 yil 1237

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining masʼul xodimlari IIV Navoiy akademik litseyiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining masʼul xodimlari IIV Navoiy akademik litseyiga tashrif buyurdi. Tashrif ishtirokchilari oʻrganishlari davomida muassasada joriy etilgan oʻquv jarayonlari, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar- jumladan, yotoqxona, oshxona va maxsus sinf xonalari, koʻrgazmali oʻquv qurollar bilan yaqindan tanishdi. Soʻng litsey xodimlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar litsey xodimlari, oʻqituvchi pedogoglar, oʻquvchilar xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishlari lozimligini taʼkidlandi. Shuningdek, joylardagi ayrim IIV taʼlim muassasalarida uchrayotgan salbiy holatlar va ularning oqibatlari misol keltirildi. Bundan tashqari, yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali taʼqiqlangan saytlarga kirishlari natijasida turli ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolish holatlari kuzatilayotgani sababli internet tarmoqlaridan faqat zarur boʻlganda va unumli foydalanish kerakligi tushuntirildi hamda kelgusida oliy taʼlimga oʻqishga kirish jarayonlarini korrupsiyaga yoʻl qoʻymasdan amalga oshirish aks holda  Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga murojaat qilishlari tushuntirildi. Oʻquvchi va ota-onalarga shu mazmundagi bukletlar tarqatildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech