7 Mart 2025 yil 1159

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy Gvardiya Qo‘mondonligi bilan hamkorlikda  imzolangan memorandum asosida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o'quv seminar-trening tashkil etildi

  Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining kasbiy mas’uliyati ularning ko‘nikma va malakasi, siyosiy salohiyati, qoidalarini buzuvchi shaxslar xatti-harakatlarini oldindan sezishga qodirligi bilan izohlanadi.

 Xodimlarda ana shunday ruhiy-psixologik holatlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy Gvardiya Qo‘mondonligi bilan hamkorlikda  imzolangan memorandum asosida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida seminar-trening tashkil etildi.

  Seminarda IIV psixologik ta’minlash bo‘limi katta psixolog-poligrafologi, katta leytenant Naufal Turg‘unov xodimlarning shaxsiy, guruhlararo munosabatlarini ijtimoiy-psixologik qonuniyatlar asosida o‘rganish va sog‘lom psixologik muhitni tatbiq etish haqida so‘z yuritib,  bu borada yangidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va manzilli uchrashuvlar haqida ma’lumotlar berdi.

  Tadbir davomida Navoiy viloyat IIB mutaxassis psixologi  tomonidan ishlab chiqilgan ruhiy psixologik holatini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va salbiy holatlarni oldini olish  va bartaraf etish mexanizmlari hamda psixokorreksion mashg‘ulotlarni  amalga oshirishga doir tajribalar psixologik metodlari  yordamida tushuntirildi.

  Qatnashchilar o‘zlarini psixologik boshqarishning ba’zi bir usullari, o‘z ustida muvaffaqiyatli ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratish yo‘llari, shaxsiy hayotda, vujudga keladigan muammolarni oldini olish hamda ularga yechim topish, shaxsiy ko‘nikmalar rivojlanishini mukammallashtirish texnikalari bilan tanishishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech