7 Noyabr 2023 yil 762

Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi doirasida Qiziltepa tumanida futbol musobaqasi tashkil etildi

“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” davomida xodimlarning kasbiy malakasi hamda koʻnikmalarini yanada oshirish jismoniy madaniyatini shakllantirish maqsadida Qiziltepa tumanidagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada tuman IIB, 7532-harbiy qism xizmatchilari, hamda 5-son JIEK xodimlaridan iborat jamoalar gʻoliblik uchun kuch sinashdilar. Murosasiz va qiziqarli raqiblar uchrashuvida Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7532 harbiy qism 3-batalyoni xodimlariga omad kulib boqdi, ular jamoalar orasida birinchilikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin tuman IIB, 3-oʻrin 5-son JIEK xodimlariga  nasib etdi. Gʻolib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech