Navoiy viloyati IIBda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatining 6 oylik faoliyatiga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 2 choragi davomida Ichki ishlar xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastavval, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Shokirjon Sadikov so‘zga chiqib kun tartibidagi masalalar bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Jarayonda viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda uning bo‘limlari rahbarlari va o‘rinbosarlari so‘zga chiqib, shaxsiy tarkib bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kadrlar bilan ta’minlash hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik shuningdek, murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob etildi.
Tadbirda yig‘ilganlarga tahliliy raqamlar eshittirilib, ijobiy natijalar bilan bir qatorda xato va kamchiliklar muhokama etildi. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari imijini oshirish hamda xizmat sifatini yaxshilashda qonunchilikka qat’iy rioya etilishi, xizmat intizomi va normalarni mas’uliyat bilan bajarilishi kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati