6 Сентябр 2021 йил 821

IIV Navoiy akademik litseyida Mustaqillik darsi bo‘lib o‘tdi

Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘sining yanada yuksalishida yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muhim ahamiyatga ega.
Yurtimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Davlat umummilliy dasturi rejasiga binoan bugun mamlakatimizning barcha o‘quv maskanlarida o‘quv yili boshlandi. Xususan, IIV Navoiy akademik litseyida ham an’anaga ko‘ra, yangi o‘quv yilining birinchi sabog‘i “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi. Ahamiyatli jihati shundaki, litseyning ilk darsi viloyat IIB mutasaddi rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda IIB boshlig‘i o‘rinbosari hamda sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar ishtirok etishdi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning yorqin kelajagi, kamoloti uchun amalga oshirilayotgan ishlardan faxrlanishimiz o‘z navbatida esa yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz va unga munosib bo‘lishimiz kerakligi aytildi.
O‘tkazilgan darslarda kelajak sari intilayotgan yoshlarga Vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida o‘quvchilar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu darslarda litsey o‘quvchilariga respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech