1 Октябр 2021 йил 314

Navoiyda 5-umuta'lim maktabiga 7532 harbiy qism yoshlari tashrif buyurdi

2021 yil 29 sentyabr kuni Navoiy viloyati 5-umuta'lim maktabida Ichki ishlar vazirligi Harbiy tuzilmalari Qorovul qo'shinlariga qarashli 7532 harbiy qism yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti va boshqa hamkorlikdagi tashkilot va harbiy qismlar bilan "Uch avlod uchrashuvi" va 1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi. 7532 harbiy qismning harbiy orkestri va Jangovar guruhi o'zlarining chiqishlari bilan o'quvchilarga o'zgacha motivatsiya berdi. Tadbirning ikkinchi qismi soha hodimlari va fahriylar bilan davra suhbatiga bag'ishlandi. Faxriylar mustaqqillikgacha bo'lgan qiyinchiliklar va o'zlarini boshlaridan o'tkazgan voqealarni misol keltirib yoshlarga hozirgi kunimizga shukronalar aytishimiz  va yaratilayotgan sharoitlar oqilona foydalanishlari kerakligini ta’kidladi. Tadbirning uchinchi qismida esa o'quvchi yoshlarning 1-oktyabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag'ishlab aytilgan kuy va qo'shiqlari hamda sahna chiqishlari bilan davom etdi.

 

 

Navoiy viloyati IIIB Axborot xizmati

@Navoi_iib_axborotxizmati

Text to speech