7 Октябр 2021 йил 316

Navoiyda “Eng yaxshi profilaktika inspektori“ ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo`yicha Respublika tanlovini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi” №539-sonli qaroriga asosan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlari o`rtasida “Eng yaxshi profilaktika inspektori” ko`rik-tanlovi tashkillashtirildi. Ushbu ko`rik-tanlovi namunali o`tkazish maqsadida viloyat IIB boshligi`ning 17.09.2021 yildagi №142-sonli buyrug`i chiqarilib, ko`rik-tanlovning viloyat bosqichi o`tkazildi. Ko`rik-tanlov shahar-tuman IIB HPB bo'lim-bo`linmalarining 25 nafar profilaktika (katta) inspektorlari o`rtasida ko`tarinki ruhda tashkil etilib, xodimlarning jismoniy tayyorgarligi, o`q otish mahorati sinovdan o'tkazilib, qonunchilik hamda sohaga oid bilimlarini aniqlash yuzasidan test sinovlari qabul qilindi. Tanlov natijalariga  ko`ra, har bir yo`nalish bo`yicha eng yuqori natijalarga erishib, faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egallagan profilaktika (katta) inspektorlari  Navoiy viloyati IIBning “Faxriy yorlig`i” va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Xodimlar o`rtasida o`tkazilgan ushbu ko`rik-tanlov viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimlarida xizmat olib borayotgan profilaktika (katta) inspektorlarining kasbiy, xizmat va jangovor tayyorgarligini oshirishga, siyosiy va ijtimoiy qarashlarini shu bilan birga ma`naviy dunyoqarashini yanada o`stirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, kelgusida bu kabi ko`rik-tanlovlarni viloyat miqiyosida o`tkazib borish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Viloyat miqiyosida o`tkazilgan ko`rik tanlovda “Eng yaxshi profilaktika inspektori“  yo`nalishi bo`yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egallagan 3 nafar xodimlar bilim saviyasi, kasbiy va jismoniy layoqatlarini yuqori darajada oshirib, Respublika boshqichiga yo'l olishadi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

 

 

 

 

Text to speech