8 Октябр 2021 йил 300

Navoiyda viloyat 3-sektor rahbari Qiziltepa tumani aholisi bilan sayyor uchrashuv o’tkazdi

 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining navbatdagi sayyor qabuli Qiziltepa tumanida bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida 20ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Kelibtushgan murojaatlarning aksaryatini uy-joy olish, subsidiya ajratish, ishsizlik, kadastr, ta’lim krediti ajratish kabi turli yo’nalishdagi murojaatlarni bildirishdi. Sayyor qabulda qatnashgan Oygul Nuriddinova fermerxo’jaligidan 1 oylik ish haqqini ololmay kelayotganini bildirdi. Mazkur muammo shu kuniyoq hal etildi. Yana bir fuqaro Gulmehra Xolovaning uy joyini kadastr qilish bilan bog’liq muammosi tegishli tashkilot rahbarlari orqali ijobiy hal etildi. Bundan tashaqri sayyor qabulda farzandining oliy ta’limdagi to’lov shartnomasini to’lash bilan bog’liq murojaatlar ham tinglanib tuman tijorat banklari orqali to’lovlar to’lab berilishi ta’minlandi. Muxtasar aytganda o’tgan yuzma-yuz muloqotlar jarayonida ko’plab yechimtalab muammolar hal etildi. Bu esa, islohotlar islohot uchun emas balki inson omili uchun degan hayotiy g’oyani naqadar hayotimizga chuqurroq kirayotganidan dalolatdir.

 

Navoiyviloyati IIB Axborotxizmati

 

Text to speech