SAYYOR QABUL – AHOLI BILAN MULOQOTNING SAMARALI USULI
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Navoiy viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbasari Sh.Sharipov va Konimex tuman hokimi R.Ro‘ziyev va tuman IIB boshlig‘i A.R.Radjapov bilan 3-sektor hududida joylashgan “To‘qqiztepa ” MFYda fuqarolar, yoshlar va tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Amaliy natijalari bilan ahamiyatli bo‘lgan mazkur uchrashuvda aksariyat murojaatlar joyida hal etildi, yechimiga vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan mas’ul shaxslarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati